O‘zbekiston Prezidenti Vengriyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-avgust kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari Budapesht shahrida Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi.

Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish hamda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlarini kuzatish rejalashtirilgan.

Manba