O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Tashrifning birinchi kunida davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz nutq so‘zlab, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tadbir doirasida ishtirokchilar bilan muloqot qildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakuniga yetgach, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezidentimiz Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Manba