2020-yil 28-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi ish boshladi.
Yalpi majlisda hukumat a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda Senat a’zolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalarida islohotlarni izchil davom ettirish, mahalla va oila institutini mustahkamlash, bola huquqini himoya qilish bilan bog‘liq bir qator qonun hujjatlari va muhim masalalarni muhokama etish nazarda tutilmoqda.
Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-saytida va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida kuzatib borish mumkin: