Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifining ikkinchi kuni Samarqand shahriga keldi.
Aeroportda uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon davlatimiz rahbari hamrohligida Sharq durdonasi - qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalari bilan tanishadi.