Joriy yil 4 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov boshchiligidagi ekspertlar delegatsiyasining tadqiqot safari doirasida Turkiyaning yetakchi “aql markazi” – Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Suhbat chog‘ida Turkiya tashqi siyosatining, xususan Markaziy Osiyodagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikki mamlakat tahliliy tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi.
SETA -- Turkiyada 2006 yilda tashkil etilgan notijorat tahlil markazi. Anqarada joylashgan Markaz Istanbul, Vashington, Bryussel va Berlinda ofislari mavjud.
2023 yilda SMTI va SETA oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlik va muntazam ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.