Prezident Sankt-Peterburgga ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.

Sammitda yetakchilar yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilib, hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashadilar.

Manba