Qirg‘iziston Prezidenti sharafiga qabul marosimi tashkil etildi

Tadbirlar yakuniga yetgach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi tashkil etildi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, davlat va jamoat arboblari, O‘zbekistondagi qirg‘iz diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Davlat rahbarlari ular bilan birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.

Manba