O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronni ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.
"Aminmanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch ruhidagi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va intilishlarimiz orqali xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi", deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.