4 iyun kuni Toshkent shahida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda Belarus Respublikasi Xavfsizlik kengashi davlat kotibiyati o‘rtasida ikki tomonlama maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.
Maslahatlashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan Belarus Respublikasi Xavfsizlik kengashi davlat kotibiyati o‘rtasida 2017 yilda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ijrosi, ikki mamlakat o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda ishtirokchilar shuni ta’kidlashdiki, O’zbekiston-Belarus munosabatlarining yangi bosqichida xavfsizlik sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga imkon beriladi.
Tadbirda birgalikda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Belarus Strategik tadqiqotlar instituti (BSTI) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.