
21-22-yanvar kunlari IIV akademiyasida terrorchilik maqsadlarida yangi texnologiyalardan foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan milliy seminar o‘tkazildi.
BMT Aksilterror boshqarmasi (UNOCT) va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil qilingan tadbirda xalqaro ekspertlar, manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Milliy seminarda terrorizm xavfining oldini olish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning terrorchilik maqsadlarida qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalardan xabardorligini oshirish, mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish, milliy yondashuvlarni ishlab chiqish, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida fikr almashildi.
Xorijiy va mahalliy mutaxassilar tomonidan dolzarb taklif va tavsiyalar bildirilgan tabir yakunida ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.