Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston rahbari Prezidentimizni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga farovonlik tiladi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Manba