SMTIda Vengriya Milliy davlat xizmati universiteti mutaxassisi va O'zbekistondagi Vengriya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat davomida tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Uchrashuvda Vengriya tomoni Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kengaytirish Budapesht tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini ta'kidladi. Shu nuqtai nazardan, mutaxassis E.Zoltan so'nggi yillarda Vengriya jadal rivojlanayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yangi imkoniyatlar paydo bo’layotganini ta'kidladi.
Ta'kidlanganidek, Venger tomoni Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda o'zaro bog'liqlikni oshirish bo'yicha qabul qilingan strategiyasi doirasida ma'lum yutuqlarga erishgan sohalarda - farmatsevtika, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ta'lim yo’nalishlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanligini aytib o’tdi.
Davra suhbatida shuningdek O'zbekiston va Vengriya ilmiy-tadqiqot institutlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki va ko'p tomonlama darajada samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish uchun yaqin aloqalarni o'rnatishga o'zaro qiziqish bildirishdi.