O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo Instituti (IREECAS) direktori Sun Juanji bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur institut 1965 yilda tashkil topib, Rossiya, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari ixtisosligi bo’yicha Xitoyning etakchi tahlil markazlaridan biri hisoblanadi.
Tomonlar O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog'ida Shanxay hamkorlik tashkiloti va Xitoyning «Bir makon, bir yo’l» tashabbusi doirasida ikki tomonlama hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida IREECAS va SMTI o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Hamkorlikni o’rnatish ikki tadqiqot markazlari o’rtasida munosabatlarni yanada rivojlantirishga, shu jumladan kelgusida O’zbekiston va Xitoy o’zaro aloqalarini yanada mustahkamlash yo’lida davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etishga zamin yaratadi.