Prezident Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17-avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.

Kunning ikkinchi yarmida davlatimiz rahbari Jidda shahriga keladi. Bu yerda oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Manba