Samimiy minnatdorlik

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin dildan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarni yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorligimni izhor etaman.

Mening sha’nimga bildirilgan, men uchun g‘oyat qadrli bo‘lgan ushbu tabrik va tilaklarni, avvalambor, O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatimizning bugungi va ertangi kuniga bo‘lgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman.

Fursatdan foydalanib, mehnatsevar, bag‘rikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin qalbimdan farzandlik mehrimni va hurmatimni bildiraman.

Ko‘pmillatli xalqimiz bilan birga bugungi murakkab sinovlardan munosib o‘tib, jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi va el-yurtimiz farovonligi yo‘lida oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga albatta yetamiz, deb ishonaman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba