Turkiyalik ekspertlar bilan davra suhbati o’tkazildi

Shu yilning 9 noyabr kuni Anqara shahrida O’zbekiston Republikasining Turkiyadagi elchihonasi ko’magi bilan SMTI va Turkiyaning “Sohibqiron” nomidagi Strategik tadqiqotlar markazi ekspertlari o’rtasida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbir davomida O’zbekistonda “Harakatlar strategiyasi” doirasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va O’zbekiston va Turkiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashildi. Shu bilan bir qatorda ikki tadqiqot markazlari o’rtasida o’zaro hamkorlik o’rnatish masalalari haqida ham so’z bordi.

“Sohibqiron” strategic tadqiqotlar markazi Turkiyaning taniqli “aqliy markazlaridan” biri bo’lib, xalqaro munosabatlar sohasining nazariy va amaliy masalalarini o’rganadi. Markaz Markaziy Osiyo tarixi va mintaqa davlatlarining zamonaviy rivojlanish jarayonlarini o’rganishga alohida e’tibor qaratadi. Markaz Turkiyaning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
Uchrashuv davomida turkiyalik ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorligida yangi davr boshlanganini qayd etishdi. Mintaqaviy hamkorlikning bugungi jarayonlarida O’zbekiston muhim o’rin egallayotganligini turk mutahassislari alohida takidlashdi.
O’zbekistonda boshlangan islohotlar va ochiq tashqi siyosat Toshkent va Anqara o’rtasida munosabatlarni yangi bosqichga chiqishida muhim omil bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga tarixiy tashrifi natijasida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik barcha sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.

Davra suhbati yakunida SMTI va “Sohibqiron” strategic tadqiqotlar markazi o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, o’zaro ahamiyat kasb etuvchi turli mavzulardagi maqolalar almashish bo’yicha kelishvga erishildi.