O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali suhbatda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning tashkiliy masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazirlar turli darajalarda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama, jumladan O‘zbekistonning MDHda raisligi dorisda ko‘zda tutilgan tadbirlar jadvali va boshqa tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan yangi holatlarga qaramay, O‘zbekiston-Ozarbayjon ikki tomonlama aloqalari faol rivojlanib borayotgani, tovar aylanmasi joriy yilning yanvaridan iyuligacha 163 foizga o‘sganini alohida ta’kidladilar.


Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyatini tiklash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.