AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida

2020-yilning 29-iyun – 1-iyul kunlari AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak uchrashuvlar davomida Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralari jarayonini qo‘llab-quvvatlash masalalari, DFC mablag‘larini O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilish istiqbollari muhokama qilinadi.

AQSh delegatsiyasi 30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Manba