AFG‘ONISTON BO‘YICHA ONLAYN VIDEOKONFERENSIYASI TO‘G‘RISIDA

2020-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn videokonferensiyada ishtirok etdi.

Tadbirda Afg‘oniston bo‘yicha Qatar, Germaniya, Norvegiya va Indoneziya maxsus vakillari ham ishtirok etdilar.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston mojarosini hal qilish, shuningdek, afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini tezda boshlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Afg‘onistonga har tomonlama yordam ko‘rsatish, ayniqsa pandemiya sharoitida ko‘mak berishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Manba