O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun 2020-yilning 24-27-noyabr kunlari Seul shahrida tashrif bilan bo‘ladi.
Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.