Uning aytishicha, forum o‘tkazish tashabbusi O‘zbekistonning muloqotni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va dinlararo totuvlikni ta’minlashga sodiqligini namoyon etadi.
Yusuf Aldobey O‘zbekiston rahbariyatining turli konfessiyalar o‘rtasida ochiq va tinch-totuv yashash muhitini shakllantirish borasidagi qarashlariga alohida e’tibor qaratdi. U bugungi kunda “diniy bag‘rikenglikning yemirilishi” sharoitida bunday yondashuv yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
IHT Bosh kotibi o‘rinbosari e’tiqod erkinligi hamda dinlar va madaniyatlar o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari bo‘yicha muloqot va fikr almashish uchun ushbu platforma ayni muddao ekanligini bayon etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu forum har bir ovozning eshitilishi uchun noyob imkoniyat yaratadi”.
Shuningdek, Yusuf Aldobey forum maqsadlari IHTning 2025 yilgacha mo‘ljallangan harakatlar rejasiga to‘liq mos kelishini, jumladan, diniy e’tiqod erkinligini qo‘llab-quvvatlash, muloqot va hamkorlik orqali dinlararo totuvlikni rivojlantirish hamda qabul qilingan deklaratsiyalarni amalda joriy etishni alohida qayd etdi.
IHT Bosh kotibi o‘rinbosari Toshkentdagi muhokamalar aniq tavsiyalar ishlab chiqilishiga, samarali nazorat mexanizmlarini yaratilishiga va xalqaro hamkorlikni mustahkamlanishiga olib kelishiga ishonch bildirdi.
– O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ushbu munozaralarimiz kelajak avlodlar uchun mayoq bo‘lib xizmat qiladi va o‘zaro tushunish, hamkorlik, tinchlikni targ‘ib etadi, - dedi u o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘in SMTI tomonidan AQSHning “Love Your Neighbor Community” (LYNC) nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Din ishlari qo‘mitasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etildi.
Oldingisi
2025-yil 10-sentyabr kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan "Deklaratsiyalar muloqoti" nomli Ikkinchi xalqaro forum doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Fatvo kengashi raisi shayx Abdulloh bin Bayya tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo’lladi. U o‘z nutqida O‘zbekistonning mezbon mamlakat sifatidagi rolini yuqori baholab, xalqaro deklaratsiyalarning dinlararo tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidladi.
10.09.2025Keyingisi
Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Deklaratsiyalar muloqoti" forumida AQSHning Dalles okrugi musulmon jamiyati markazi rahbari imom Muhammad Majid O‘zbekiston hukumatiga har doimgidek samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
10.09.2025