Fridrix Ebert Fondining vakillari bilan uchrashuv

Germaniyaning Fridrix Ebert Fondi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu fond 1925 yilda tashkil topgan va Germaniyaning ijtimoiy-demokratiya yo’nalishidagi eng birinchi siyosiy fondlaridan biri sanaladi. Uning asosiy faoliyati – ijtimoiy-demokratik qadriyatlari hisoblangan erkinlik, adolat, birdamlik g’oyalarini ilgari suradi. 

F.Ebert Fondining Berlindagi markaziy ofisi hodimi Doktor Soney Shirmbek bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda Markaziy Osiyodagi ushbu Fondning mintaqaviy vakolatxonasi rahbari sifatida o’z missiyasini yakunlagan Henrietta Kifer o’rniga Kristof Mor tanishtirildi. 

Uchrashuvda tomonlar SMTI va F.Ebert Fondi o'rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilganidan buyon o'zaro manfaatli masalalar bo'yicha samarali hamkorlik yo'lga qo'yganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

SMTI va F.Ebert Fondi tomonidan amalga oshirilgan qo'shma tadbirlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohot va o'zgarishlarga ko’maklashmoqda, shuningdek, O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta'kidlandi.

Shu bilan birga, tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish, yaqin kelajakda yangi qo'shma tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, birgalikda axborot-tahliliy materiallarni nashr etishga kelishib oldilar.