Ruminiya ekspertlari bilan uchrashuv

O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida D.Nekulaesku rahbarligidagi Ruminiyaning tashqi ishlar vazirligi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar, shuningdek, O'zbekiston va Ruminiya o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Yevropa delegatsiyasining fikricha, O'zbekiston hukumatining mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish va hamkor davlatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalar o'rnatish borasidagi sa'y-harakatlari O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish uchun zamin yaratmoqda

Ularning fikriga ko'ra, rasmiy Toshkentning ochiq tashqi siyosati va Respublikada inson huquqlari va demokratik qadriyatlar sohasidagi ijobiy o'zgarishlar O'zbekistonning xalqaro maydondagi obro'- e'tiborini sezilarli darajada oshirdi. 

Suhbat davomida Ruminiya O'zbekistonning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.