Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Joriy yilning 4-iyun kuni Shanxay Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti (ShXTU) delegatsiyasi bilan partiya qo'mitasi kotibi Jiang Feng boshchiligida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston va Xitoy o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, SMTI va ShXTU bilan ilmiy-tahliliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Jiang Feng ta'kidlaganidek, "O'zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakat strategiyasini" iqtisodiy liberallashtirish sohasidagi qilinayotgan islohotlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar ochadi. O'zbekiston va Xitoy iqtisodiyotlarining innovatsion rivojlanishini kuchaytirishga doir vazifalari yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik uchun katta istiqbollarni yaratmoqda.

Tomonlar ShHT doirasida raqamlash va ta'lim sohasida ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini o'rganish muhimligini ta'kidladilar. Ushbu sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish

ShHT davlatlari yoshlari o'rtasida aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Shanxay universiteti mutaxassislari ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy rivojlanish bo'yicha birgalikdagi tadqiqotlar uchun SMTI bilan ilmiy va tahliliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qiziqish bildirdilar.

Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti - Xitoyning rasmiy hukumat universiteti. ShXTUni vazifasi Xitoyning milliy strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatning xalqaro rivojlanishini ta'minlash bo'yicha tadqiqotlar olib borishdan iborat. 2015 yilda universitetda Xitoydagi birinchi "O'zbek tili" bo'limi ochildi. 2017 yilda SMTI va ShXTU o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.