Toshkent xalqaro Vestminster universitetida bo’lib o’tgan davra subati to’g’ risida

5-dekabrda Toshkent xalqaro Vestminister universiteda “O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi o’rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ma’ruzachi sifatida O”zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V.I.Norov ishtirok etdi.

Ma’ruza davomida Shanhay hamkorlik tashkilotining tashkil etilishi tarixi, O’zbekistonning ushbu xalqaro institutning tashkil etilishidagi o’rni, tashkilot oldida bugungi kunda turgan ustuvor masalalar haqida fikr almashildi. V.Norov shuningdek bugungi kunda mazkur tashkilot doirasida O’zbekiston ilgari surayotgan tashabbuslar, Markaziy Osiyoda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan ochiq, prgamatik tashqi siyosati natijasida yuzaga kelayotgan yangi siyosiy muhit haqida ham ta’kidlab o’tdi. Tadbir baxs-munozara shaklida o’tdi
va universitet talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.