SMTIda “Atlantika kengashi” eksperti bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2024-yil 22-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida SMTI direktori va AQSh “Atlantika kengashi” eksperti Kiran Baez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy hamkorlik va Markaziy Osiyoda xavfsizlik, Turkiyaning mintaqadagi roli, transport va energetika yo‘laklarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga kelishib, SMTI va “Atlantika Kengashi” oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan oʻzaro manfaatdorlik bildirdilar.