SMTIda Germaniya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yil 6 sentabrda SMTIda Institut direktori Eldor Aripov va Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Manfred Xuterer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fursatdan foydalanib, SMTI rahbari martabali mehmonni Germaniyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya amaliy hamkorligi, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib, koʻp qirrali boʻlib bormoqda. M. Xutererning ta’kidlashicha, “Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik eng yuqori cho‘qqida. Albatta, bu yuqori darajadagi intensiv va ishonchli siyosiy muloqot tufayli amalga oshdi”.

Toshkentning mintaqada do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan mintaqaviy siyosatiga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, eng avvalo, O‘zbekiston rahbarining harakatlari samarasidir, – dedi diplomat.

Suhbat davomida, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniya tahliliy tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yuqori darajada ekanligini, bu esa O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha yangi g‘oya va takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilayotganimamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qiziqtiradigan masalalar bo'yicha samarali muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirildilar.