ShHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov Toshkentda bo’lib o’tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat rahbarlari Kengashi majlisiga tashrifi doirasida SMTI jamoasi bilan uchrashdi.

V.Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy va xalqaro jarayonlardagi roli, ShHT davlatlari o'rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda navbatdagi yig’ilishning ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Uchrashuv davomida tashkilotni rivojlantirishda va uning istiqbolli yo'nalishlarini belgilashda tadqiqot markazlarining faoliyatini kuchaytirish muhimligi ta'kidlandi.