Xalqaro muammolar Xitoy akademiyasi vakillari bilan uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) vitse-prezident Xu Jian boshchiligidagi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro muammolar Xitoy akademiyasi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Suhbat chog'ida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning o’tgan yil may oyida Xitoyga uyushtirilgan ilk davlat tashrifi yakunlari doirasida ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, SHHTni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. O'zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltirilgan xalqaro tashabbuslariga alohida e'tibor qaratildi.

Ta’kidlanishicha, 2017-yil may oyida O'zbekiston va Xitoy rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat o'rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. Ikki tomonlama bitimlar imzolanishi iqtisodiy, savdo, sarmoya, moliya va boshqa sohalarda O'zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada rivojlantirish uchun yangi shart-sharoitlar yaratdi.

Shu bilan birga, uchrashuv doirasida SMTI va Xitoy akademiyasi o'rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish amaliy masalalari muhokama qilindi.