Xalqaro Press-klubda bo'lib o'tgan anjumandan intervyu

Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan anjumanda «Uzreport» telekanali muxbiri Abdulla Bo‘ribayev tomonidan berilgan savollarga AQSh tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norovning javoblari

Abdulla Bo’ribayev: Savolimni Janob Fredirik Starrga yo‘llamoqchiman. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, O‘zbekistonda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni natijasi uchun harakat muhim hisoblanadi. Ya’ni bu harakatlar o‘zining natijasini bermoqda. Shu o‘rinda, Toshkentda Afg‘oniston doirasida bo‘lib o‘tgan anjuman natijasiga ko‘ra, Afg‘oniston va “Tolibon” harakati o‘rtasida uchrashuv kutilmoqda. Bu albatta harakat. Bu harakat o‘z natijasini berishi mumkin. Markaziy Osiyoda ushbu jarayonlarning ijobiy natijalarga erishilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu mavzudan chetlashgan holda, savol yo‘llamoqchiman. O‘zbekistonning keyingi harakati qanday bo‘ladi? U qaysi bir jarayonda faol ishtirok etadi? Sizning fikringizcha, O‘zbekiston xalqaro maydondagi vaziyatlarning qay birida faolroq ishtirok etishi maqsadga mufoviq bo‘ladi?

Frederik Starr: Men kelajakni bashorat qila olmayman. Men shuni bilamanki, nafaqat O‘zbekistonda, balki sizga qo‘shni davlatlarda ham juda bilimli va tajribali insonlar bor. Bu insonlar katta va rivojlangan dunyoning bir qismidir. Ishonchim komilki, ular kelajakda qaysi jihatlarga asosiy e’tibor berish kerakligini to‘g‘ri tanlov orqali tanlab olishadi.

Ishonchim komilki, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar juda chuqur o‘ylab chiqilgan va mintaqadagi boshqa davlatlarda ham bu siyosat takrorlanishi kerak. Tan olish kerakki, sizga qo‘shni davlatlarda ham siz singari o‘sib kelayotgan yosh avlod bor. Ular orasida aqlli, yaxshi ta’lim olgan va jamiyatda o‘z o‘rniga ega yoshlar, ayollar va erkaklar bor. Masalan siz ham bu avlodni bir qismi hisoblanasiz. Bu buyuk kelajakka asosdir. O‘sib kelayotgan yosh avlod buyuk kelajak uchun juda muhim ishlarni amalga oshiradi. Va aynan shu jihatdan, mamlakatda ta’limga alohida e’tibor berish kerakligini asosiy sabab deb hisoblayman.

Vladimir Norov: Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning o‘tgan yili Afg‘oniston Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida qatnashgandim. Shuningdek, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Sindao sammiti doirasida ham Prezidentimiz Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G’ani boshchilidagi afg‘on delagatsiyasi bilan uchrashuv olib bordi.

Shu o‘rinda, Prezidentimiz asosiy bir fikrni bildirib o‘tdilar. Ya’ni “O‘zbekiston Afg‘onistondan faqat foyda olishni ko‘zlamaydi”. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shuni ta’kidlamoqchimanki, O‘zbekiston Afg‘oniston hududida temir yo‘li qurishni davom ettirishga bel bog‘ladi. Xabaringiz bor, Xayraton – Mozori Sharif temir yo‘l liniyasini “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi qurib bitkazgan. Hozirgi kunda ham ushbu temir yo‘li qurilishida “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi ish yuritmoqda. Parallel ravishda bunda afg‘on xizmatchilariga o‘z tajribalarini o‘rgatib kelmoqda.

Prezidentimiz Mozori Sharifdan Hirotgacha bo‘lgan temir yo‘li qurilishi bo‘yicha suhbat paytida O‘zbekiston ushbu loyihani Afg‘oniston tomonidan baholangan 4 milliard dollardan kamroqqa ya’ni 3 milliard dollarga amalga oshirishini bildirdi. Ta’kidlandiki, bu raqam qurilish jo‘g‘rofiyasi va relefidan kelib chiqib yana tushishi mumkin.

Ikkinchidan shuni e’tiboringizga qaratmoqchimanki, Prezidentimiz afg‘on muammosini tor doirada emas, balki butun xalqaro hamjamiyatga doim eslatib turibdi. Shuningdek Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Sindao sammitida Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik butun Markaziy Osiyo tinchligi va barqarorligi ekanligiga alohida urg‘u berdilar.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotida ham “ShHT va Afg‘oniston” kontakt guruhi faoliyat yuritadi. Ushbu guruhning ishini yanada faollashtirish kerak deb hisoblayman. Butun Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zo davlatlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishida birgalikda harakat qilishi kerak deb hisoblayman. Ma’lumki, ShHTning ko‘p davlatlari Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar hisoblanadi.

Hindiston va Pokiston davlatlari tashkilotga qo‘shilganidan so‘ng tashkilotga a’zo davlatlar 8 tani tashkil etdi. Ushbu davlatlarning Afg‘onistondagi manfaatlari hammaga ma’lum. Ushbu manfaatlar Afg‘oniston kontakt guruhi doirasida bir fikrga kelish mumkin deb hisoblayman.

“Tolibonlar” bo‘yicha berilgan savolingizga e’tiborni qaratmoqchiman. O‘z o‘rnida “Tolibonlar” O‘zbekiston mintaqada qanday siyosat olib borayotganini kuzatib bormoqda.

Prezidentimiz o‘zlarining inaguratsion nutqlarida shuni ta’kidlab o‘tdilarki, O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi eng asosiy maqsadi O‘zbekiston va uning atrofida tinchlik va barqarorlik yagona tizimini yaratishdan iborat. O‘tgan bir yil davomida, so‘ngi 25 yil davomida hal qilinmagan muammolar yechildi. Bunga Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegara muammolarini hal qilinishini aytib o‘tish mumkin.

Yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Prezidentimiz Qirg‘iziston va Tojikistonga bo‘lgan davlat tashriflarida shuni ta’kidlab o‘tdiki, “Biz hal qila olmaydigan muammolar yo‘q. Bunga har tomonning manfaatini inobotga olgan holda, kompromis asosida erishimiz mumkin” deb ta’kidladilar. Aytib o‘tilganidek, qisqa bir davrda Markaziy Osiyoda siyosat ijobiy tarafga o‘zgardi.

Tadqiqot institutimiz, nafaqat O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni, balki qo‘shni davlatlardagi o‘zgarishlar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar va Prezidentimiz siyosatiga berilayotgan baholarni kuzatib boradi va tahlil qiladi. So‘ngi tadqiqotlar natijalariga e’tibor qaratidigan bo‘lsak, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatdagi olib borayotgan islohotlariga nisbatan juda ijobiy baholarni ko‘rishimiz mumkin.

Har bir hamkorlikda tashqi siyosatning eng asosiy tamoyillariga e’tibor qilinsa ijobiy natijalarga erishiladi. Birinchisi – o‘zaro hurmat, ikkinchisi – o‘zaro ishonch va tenglik.

Tolibonlar ham O‘zbekiston o‘zining va qo‘shni davlatlarning manfaatlarini ham inobatga olgan holda tashqi siyosat olib borayotganiga guvoh bo‘lmoqda.

O‘zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridanoq keyingi 27 yil davomida Afg‘onistondan tinchlik yo‘lida, shuningdek asosan mamlakatning shimoliy hududlarida tinchlik yo‘lida o‘z yordamini ayamay kelmoqda. Bu siyosatimiz aniq va ravshan. Bunga dunyoning yetakchi davlatlari ham xolisona baho bermoqda.