30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida Belarus yetakchisi O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqini yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, Belarus Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari yuqori sur’at bilan ortib borayotgani, ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalari, ta’lim muassasalari o‘rtasida muvaffaqiyatli kooperatsiya amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Belarus tomoni raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti va Abu Dabi Amirligi valiahdi keng ko‘lamli sheriklikni yanada kengaytirish choralarini ko‘rib chiqdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
30.08.2021Keyingisi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar
30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
30.08.2021