Tibbiy jihozlar ortilgan yuk samolyoti Turkiyadan Toshkentga yetib keldi

Tibbiy jihozlar ortilgan yuk samolyoti Turkiyadan Toshkentga yetib keldi

Turkiya va Oʻzbekiston Hukumati oʻrtasida imzolangan tibbiy jihozlarni begʻaraz topshirish bitimi doirasida Covid-19 epidemiyasiga qarshi kurashda ishlatiladigan himoyalovchi tibbiyot materiallaridan iborat yordam Toshkentga yetib keldi.

50 000 dona N-95 niqob, 200 000 jarrohlik niqobi, 40 000 dona kombinezon, 5 000 dona yuzni toʻliq toʻsuvchi niqob va Covid-19 ni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalaridan iborat qariyb 12.5 tonna insonparvarlik yordami Qurbon hayitning ilk kuni tongga yaqin yetib keldi.

Yuklarni qabul qilib olgan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari murakkab vaqtda doimo yordamlarini ayamagan turk xalqiga minnatdorlik bildirishdi.

Manba