O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) bo‘lim boshlig‘i Timur Ahmedov O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 2025-yil 1-2-oktyabr kunlari Valletta shahrida (Malta) bo‘lib o‘tgan Odil sudlov va qonun ustuvorligini himoya qilish xalqaro instituti (IIJ) rahbariyati bilan bo’lib o’tgan maslahatlashuvlarda ishtirok etdi.
Maslahatlashuvlar sud ta’qibi, reabilitatsiya va reintegratsiya masalalariga bag‘ishlandi.Ularning ishida Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar chog‘ida tomonlar Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonning sud ta’qibi, reabilitatsiya va reintegratsiya sohasidagi milliy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihasini amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashdilar.
Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.
Shu nuqtayi nazardan, Odil sudlov va qonun ustuvorligini himoya qilish xalqaro instituti rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha mintaqaviy ekspert kengashi (MEK) faoliyatini yuqori baholadi. O‘zbekistonning Kengashdagi muvaffaqiyatli raisligi, shuningdek, IIJ ekspertlari faol ishtirok etgan MEK ishchi guruhlari doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot kengashini Xalqaro vakolatlar markaziga aylantirish to‘g‘risidagi tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi. Uning amalga oshirilishi xavfsizlik va sud ta’qibi, reabilitatsiya va reintegratsiya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha umumiy manfaatlarga mos kelishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Vallettaga tashrifi doirasida Malta Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, huquq-tartibotni ta’minlash va xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish sohasida tajriba almashishni muhokama qildilar.
IIJ 2014-yilda Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha global forum (GCTF) ishtirokchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Valletta (Malta) shahrida joylashgan.
IIJning vazifasi terrorizm va u bilan bog‘liq transmilliy jinoyatlarga qarshi samarali kurashishga qaratilgan jinoiy odil sudlov sohasidagi mutaxassislarning salohiyatini mustahkamlashdan iborat. BMT, ixtisoslashgan agentliklar, shuningdek, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Oldingisi
Joriy yil 2-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi, hurmatli hamkasbimiz Saydaxmedov Saydakmal Aripovich 75 yoshida vafot etdi.
03.10.2025