SMTI va QSTI O‘zbekiston-Qozog‘iston ekspertlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston ekspert kengashini tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Ikki davlat rahbarlari ishtirokida hujjatni SMTI direktori Eldor Aripov va QSTI rahbari Erkin Tukumov imzoladi.

Kengash O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalarni muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish uchun tegishli ekspert va mutaxassislarni jalb etish orqali mamlakatlar o‘rtasidagi ekspert muloqotiga muntazam va mazmunli tus berishni maqsad qilgan.

Mazkur mexanizm doirasida ikki davlatning savdo-iqtisodiy, sanoat, texnologik va madaniy-gumanitar sohalardagi holatini tahlil qilish hamda mavjud salohiyatini yuzaga chiqarishga alohida e’tibor qaratiladi.

Manba