Ma’lumki, joriy yilning may oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (O‘YI) bilan hamkorlikda respublika oliy ta'lim muassasalari talabalari va magistrantlari o‘rtasida “Eng yaxshi talaba maqolasi” mavzusida onlayn-tanlov e’lon qilgan edi.
Jami 150 nafar talaba ishtirok etgan tanlovda SMTI va O'YI vakillaridan iborat ekspert komissiyasining puxta saralash natijasiga ko'ra, quyidagi 5 nafar maqola muallifi g'olib deb topildi.
1) Sh.Mingboyev - Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi (o‘zbek tilida);
2) O.Xidirov - Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi (o‘zbek tilida);
3) B.Usmonov - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi (o‘zbek tilida);
4) A.Kenjayev – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi (ingliz tilida);
5) U.Turopov – O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabasi (o‘zbek tilida).
G'oliblarga Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Yoshlar ittifoqining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshiriladi. Shuningdek, ularning maqolalarini milliy ommaviy axborot vositalarida chop etish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, SMTI tanlovning barcha ishtirokchilariga ularning ishtiroki uchun chuqur minnatdorlik izhor etadi. Fursatdan foydalanib, SMTI jamoasi O‘zbekiston yosh avlodini 30-iyun “Yoshlar kuni” bilan tabriklaydi va ularga sihat-salomatlik, omad va barcha ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.