SMTI jamoasi Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etadi!
SMTI jamoasi Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etadi! Sizlarga baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilaymiz! Kelayotgan yilda hamma ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!
31.12.2025
Kelajak arxitekturasi: 2025-yil Markaziy Osiyoni qanday o‘zgartirdi
Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda yilning asosiy voqealari haqida soʻzlab berdi.
30.12.2025
SMTIda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori o‘rinbosari Szin Chje boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
26.12.2025
Ikki tomonlama muloqotdan global kun tartibigacha: AQSh-O'zbekiston aloqalarining ahamiyati
Donald Trampning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqoti Amerika – O‘zbekiston munosabatlarining barqaror ijobiy dinamikasini tasdiqlovchi muhim siyosiy signaldir.
25.12.2025
SMTI va CIPR o’zaro ekspert hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi
2025-yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Qatar Xalqaro siyosat tadqiqotlari markazi (CIPR) vitse-prezidenti Rashid Al-Mohanadiy bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
24.12.2025
SMTI direktori Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi "C5+1" formatidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan muhokamada ishtirok etdi
2025-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi "С5+1" formatidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan muhokamada ishtirok etdi.
17.12.2025
SMTIda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 16-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Institut direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
17.12.2025
SMTI eksperti Istanbulda bo‘lib o‘tgan xalqaro uchrashuvda O‘zbekiston suv xo‘jaligidagi islohotlar haqida so‘zlab berdi
Joriy yilning 11-dekabr kuni SMTI bosh ilmiy xodimi Lobar Umarova Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yaqin Sharqda suv sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvida ishtirok etdi.
15.12.2025
Toshkentda "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans - kelajak konsepsiyasi" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans - kelajak konsepsiyasi" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
14.12.2025
Toshkentda Markaziy Osiyodagi o‘zaro manfaatli suv-energetika hamkorligi modellari muhokama etildi
Kuni kecha Toshkent shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) "Yashil Markaziy Osiyo II" dasturi doirasida o‘zaro manfaatli suv-energetika hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha Mintaqaviy ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
13.12.2025
SMTI direktori va Guelf universiteti prezidenti O‘zbekiston-Kanada ilm va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
2025-yilning 11-dekabr kuni Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripovning Guelf universiteti prezidenti Rene Van Eker, vitse-prezidenti Shayan Sharif hamda moliyaviy masalalar bo‘yicha prorektor va vitse-prezident Bill Rouzxart bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
11.12.2025
SMTI direktori Global hamkorlik va barqarorlik xalqaro fondi direktorlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
2025-yilning 9-10-dekabr kunlari Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Global hamkorlik va barqarorlik fondi (GCERF) direktorlar kengashining 23-yig‘ilishida ishtirok etdi.
10.12.2025
SMTI direktori Dohada Qatarning tahliliy markazlari va taraqqiyot jamg‘armalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Joriy yilning 6-8 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov har yili o‘tkaziladigan Doha forumida ishtirok etib, Qatarning yetakchi tahlil markazlari va taraqqiyot jamg‘armalari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
09.12.2025
SMTI direktori Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati haqida so‘z yuritdi
Doha shahrida xalqaro tendensiyalar, diplomatik tashabbuslar va barqaror rivojlanish strategiyalarini muhokama qilish bo‘yicha yetakchi global platforma – har yili o’tkaziladigan Doha forumi o‘z ishini yakunladi. 2002-yilda tashkil etilganidan buyon forum jahon yetakchilari, xalqaro tashkilotlar, tahliliy markazlar va akademik hamjamiyat vakillarini birlashtiradigan maydonga aylangan...
08.12.2025
Doha forumi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha Termiz muloqotiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tadi
2025-yil 7-dekabrda har yili o‘tkaziladigan Doha forumida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotiga bag‘ishlangan alohida sessiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu sessiya "Mintaqaviy bog’li qlik orqali Afg‘onistonni qayta tiklash: Termiz muloqoti" shiori ostida o’tkaziladi.
04.12.2025
SMTIda NESA professori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Institut direktori Eldor Aripovning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi (NESA) professori Briann Todd bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
04.12.2025
SMTIda Pokiston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Institut direktori Eldor Aripov va Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Faruq o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
03.12.2025
Toshkentda Markaziy Osiyoning iqlim va suv xavfsizligi masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik muhokama qilindi
2025-yil 28-noyabr kuni Toshkentda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti va Rossiyaning "Oliy iqtisodiyot maktabi" milliy tadqiqot universiteti tomonidan tashkil etilgan "Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik: dolzarb holat va istiqbollar" mavzusida ekspert-ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.
02.12.2025
SMTI direktori o‘rinbosari Kanada parlamentida O‘zbekistonning yangi mintaqaviy yo‘nalishi haqida nutq so‘zladi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Ottava shahriga tashrifi chog‘ida Kanada parlamentida "O‘zbekiston kuni" bo‘lib o‘tdi, unda "Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
01.12.2025