SMTIda BMT vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 30-iyun kuni SMTIda Institut direktori Eldor Aripovning BMTning mamlakatimizdagi asosiy bo‘linmalari, jumladan, XMT, YUNESKO, MBXT, BMTGJB, BMTOITS, BMTTD, YUNISEF, JSST, FAO va BMTAJ vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
01.07.2025
Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga ilk davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan "O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari" mavzusida birinchi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi.
27.06.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning yetakchi "aql markazlari" ekspertlari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qiladi
2025-yil 26-iyun kuni "O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari" mavzusida onlayn forum o‘tkaziladi.
24.06.2025
SMTIda Singapurning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
2025-yilning 20-iyun kuni SMTI direktori Eldor Aripovning Singapurning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zulkifli bin Baharudin bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
22.06.2025
XMT delegatsiyasi SMTIga tashrif buyurdi
2025-yil 20-iyun kuni SMTI direktori Eldor Aripov Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy koordinatori Serxan Aktoprak va XMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Endryu Grey boshchilik qilayotgan delegatsiya bilan ishchi uchrashuv o’tqazdi.
20.06.2025
O‘zbekiston Prezidenti “Xitoy — Markaziy Osiyo” formatidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
Joriy yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo — Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari va XXR o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
19.06.2025
SMTIga Dunay instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi
2025-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) direktor birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov Vengriyaning Dunay instituti (Danube Institute) ijrochi direktori Ishtvan Kish boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
14.06.2025
SMTIda Estoniyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 11-iyun kuni SMTI direktori Eldor Aripov Estoniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yaap Ora bilan uchrashdi.
11.06.2025
SMTIda Avstriyaning "Global Neighbours" tahliliy markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Institut direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov Avstriyaning "Global Neighbours" tahliliy markazi vakillari Yozef Kirxberger va Aleksey Ksenofontov bilan uchrashdi.
10.06.2025
SMTIda Fransiyaning Sharq tillari va madaniyatlari milliy instituti mutaxassisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Fransiyaning Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti Yevropa-Yevroosiyo tadqiqot markazi doktoranti Mikael Leviston bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
05.06.2025
Bokuda O‘zbekiston – Ozarbayjon ekspertlar kengashi II yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bokuda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov boshchiligidagi mutaxassislar “O‘zbekiston va Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlangan Ekspertlar kengashi ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
05.06.2025
Hindistonlik ekspert Nyu-Dehlini Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ilgari surishda faolroq ishtirok etishga chaqirdi
Amerikaning “The Diplomat” nashri hindistonlik professor Shanti Mariyet D'Souzaning «O‘zbekiston aloqalarining rivojlanishi: Hindiston Markaziy Osiyoga nisbatan o‘z siyosatini tiklaydimi?» nomli maqolasini chop etdi.
02.06.2025
SMTIda AQSHning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 2-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov AQSH Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti hamda global tahlil bo‘limi rahbari Daniel Runde bilan uchrashuv o‘tkazdi.
02.06.2025
SIA va SMTI seminar-trening o‘tkazdi
Joriy yilning 29-may kuni bo‘lib o‘tgan " Markaziy Osiyo - 2050: umumiy farovonlik va barqarorlik sari" forsayt-seminari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tahliliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari uchun seminar-trening tashkil etildi.
31.05.2025
O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari jadal rivojlanish va barqaror o‘sishni namoyish etmoqda
Joriy yilning 27-may kuni Moskvada "Rossiya va O‘zbekiston: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari" mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman "Valday" xalqaro munozara klubi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamkorligida tashkil etildi.
29.05.2025
Markaziy Osiyo mutaxassislari mintaqaning kelajagini birgalikda rejalashtirmoqda
Poytaxtimizda "Markaziy Osiyo - 2050: umumiy farovonlik va barqarorlik sari" mavzusida birinchi mintaqaviy forsayt-seminar bo‘lib o‘tmoqda.
27.05.2025
TSTM direktori O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida 20-21 may kunlari...
TSTM direktori O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida 20-21 may kunlari "Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining bo’lib o’tgan birinchi yig‘ilishi yakunlariga oid baholari bilan o‘rtoqlashdi.
25.05.2025
Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini mojaroli hududlardan qaytarish tajribasi BMTning Venadagi shtab-kvartirasida taqdim etildi
2025-yil 21-may kuni BMTning Venadagi (Avstriya) bosh qarorgohida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasining 34-sessiyasi doirasida "Suriya va Iroqdagi jangovar harakatlar hududlaridan qaytgan shaxslarni samarali reabilitatsiya va reintegratsiya qilish: Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi" mavzusida qo‘shma tadbir bo‘lib o‘tdi.
24.05.2025
Sabina Maxl: Termiz muloqoti va murakkab masalalar muhokamasiga yuqori darajada qiziqish bildirilayotgani quvonarli
BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Maxl "Dunyo" AA uchun intervyusida 19-21-may kunlari Termiz shahrida bo'lib o'tgan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishining ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:
22.05.2025
Xorijiy mutaxassislar Termez muloqotining Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni mustahkamlash uchun istiqbolli platforma ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
21 may kuni Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov qator xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarining yetakchi ekspertlari bilan uchrashdi.
22.05.2025