O‘zbekiston va Fransiya: taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik

O‘zbekiston  tashqi siyosati doirasida Yevropa mamlakatlarini iqtisodiyot, siyosat sohasidagi loyihalarni va gumanitar  tashabbuslarni amalga oshirishda muhim strategik sheriklar deb bilib, ular bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bu jarayonda Fransiya alohida o‘rin tutadi.

Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik  faol siyosiy-diplomatik  muloqot hamda savdo-investitsiyaviy  hamkorlikni rivojlantirish va  ta’lim, fan sohalaridagi  almashinuvni mustahkamlashdagi keng imkoniyatlar bilan ajralib turadi. 

O‘zbekiston  va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarning tarixiy ildizlari sohibqiron Amir Temur va qirol Karl VI ning erkin savdoni yo‘lga qo‘yish yo‘lida  sheriklikka asos solgan XIV asr boshlariga borib taqaladi. Har ikki  mamlakat arxivlarida saqlanayotgan ma’lumotlar yetakchilarning siyosiy munosabatlarni  mustahkamlashga bo‘lgan istagidan dalolat beradi.  Qirol Karl VI ning sharq bo‘yichi siyosatini  qo‘llab-quvvatlagan Amir Temur tijoriy aloqalarni rivojlantirish va savdogarlarni o‘zaro  qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlagan. “Dunyo savdogarlar tufayli gullab-yashnaydi”, deb qayd etgan sarkarda.

Do‘stlik, hamjihatlik va iqtisodiy hamkorlikka bo‘lgan bunday intilish asrlar davomida  saqlanib qoldi.  O‘zbekiston mustaqillikka erishgach,  bu munosabatlar yangicha  sur’atda rivojlandi va bu Fransiya bilan ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlashda o‘z ifodasini topdi. 

O‘zaro hamkorlikning tarixiy ildizlari Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari etib saylanishi bilan o‘ziga xos dinamika kasb etgan zamonaviy muloqot uchun mustahkam poydevor yaratdi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston yetakchisi ilk Yevropa tashrifini aynan Fransiyaga amalga oshirdi. Ushbu diplomatik qadam qator  hukumatlararo kelishuvlar imzolanishi bilan  yakunlangan o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi. 

Bugun har ikki mamlakat ochiqlik va pragmatizmni namoyon etishmoqda,  siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, texnologik va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarni rivojlantirishda faol hamkorlik qilishmoqda.  Bunday har tomonlama  yondashuv zamonaviy  tahdidlar  javob beradigan va umumiy tarixiy merosga tayanadigan o‘zaro manfaatli sherikchilikka bo‘lgan intilishdan dalolatdir. 

34 yillik diplomatik munosabatlar davrida ikki mamlakat o‘rtasida oltita o‘zaro davlat  tashriflari bo‘lib o‘tdi, ularning yarmi so‘nggi 7 yilda amaldagi yetakchilar davriga to‘g‘ri keldi. Bu davr Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga 2018  va 2022 yillarda ikkita tashrifi hamda Prezident Emmanuel Makronning 2023 yilda  Toshkentga amalga oshirgan tashrifi bilan ajralib turadi. Yuqori darajadagi uchrashuvlar dinamikasi  aloqalarning sezilarli darajada mustahkamlangani hamda hamkorlikni  rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlikdan dalolat beradi. 

Davlatlar rahbarlari sammitlari bilan birga ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari va  parlamentlari rahbarlarining  muntazam uchrashuvlari ham o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik guruhi  parlamentlararo hamkorlikning  muhim vositasidir. 

Fransiya Senati  Milliy assambleyasida “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi faoliyat yuritadi. Bunday ko‘pqirrali hamkorlik  siyosiy muloqotni mustahkamlashga  xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston va Fransiya munosabatlarining izchil rivojlanishi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda  keng istiqbollarni ochadi. O‘zbekistonda fransuz kapitali ishtirokida 50 ta korxona  faoliyat yuritmoqda, ularning yarmi  fransiyalik sarmoyadorlarga tegishli. Fransiya biznesining ishtiroki respublikamiz iqtisodiyotining kommunal xo‘jalik (Veolia, Suez, Eiffage), energetika, jumladan  “yashil” energetika  (EDF, Total Eren, Voltalia, Orano), oziq-ovqat sanoati  (Lactalis) kabi muhim  sohalarida ayniqsa sezilarli. 

Fransiya kompaniyalarining turli sohalardagi faol ishtiroki  ularning o‘zbek bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortayotganini  ko‘rsatadi hamda  mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishda ishonchli asos  yaratadi. 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha  Hukumatlararo komissiya va  O‘zbekiston-Fransiya  Savdo palatasi  ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning muhim mexanizmlari hisoblanadi. 

Hozirgi kunda 1,07 mlrd yevrolik  byudjetga ega 2023–2025 yillarga mo‘ljallagan  Hamkorlik dasturini amalga oshirayotgan Fransiya  taraqqiyot agentligi muhim hissa qo‘shmoqda. 

Qo‘shma biznes-forumlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda  muhim rol o‘ynaydi. Ularning birinchisi 2023 yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan edi. Unda  60 ta fransuz kompaniyalari ishtirok etishgan. Ikkinchi biznes-forum 2024 yil may oyida Toshkentda o‘tkazildi, unda Fransiyaning  20 kompanisining 53  nafar vakillari, jumladan, "SUEZ" i "Airbus Europe" top-menedjerlari qatnashdilar. Бiзнес-forum yakunlari bo‘yicha  joriy yil 30 yanvar kuni poytaxtimizda  iqtisodiy hamkorlikka oid qator kelishuvlar imzolandi. 

Ushbu uchrashuvlarning natijalari O‘zbekiston va YeI  o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi bilan yaratilgan qulay shart-sharoit bilan mustahkamlanmoqda. Hujjatga ko‘ra, Fransiya bilan eng ko‘p qulaylik rejimi  o‘rnatilgan. Bu so‘nggi besh yil ichida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining besh barobar oshishiga yordam berdi va bu ko‘rsatgich 2024 yilda 1,1 milliard dollarga yetdi.  Mashinasozlik va tabiiy resurslarni qazib olish kabi sohalarni qamrab olgan joriy va istiqbolli loyihalar portfeli 8 milliard yevrodan oshadi. 

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iқтiсодiй aloqalarning jadal rivojlanishi bilan birga, madaniy-gumanitar  sohalardagi hamkorlik ham faol kengaymoqda.  So‘nggi 7 yilda turli sohalarda  50 dan ortiq  kelishuvlar imzolandi: turizm, arxeologiya, dizayn, moda, lingvistika, ta’lim, biznes-menedjment, sog‘liqni saqlash va sport yo‘nalishlari shular jumlasidandir. 

Kelishuvlar samaralari ayniqsa turizm  sohasida juda sezilarli: so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan fransiyalik sayyohlar soni  yiliga 20 ming kishiga yaqinlashdi. 

Ayni vaqtda, mamlakatimizda fransuz  tilini o‘rganish ham  faol rivojlanmoqda. Bugungi kunda  189 ming nafar maktab o‘quvchilari va  oliy o‘quv yurtlar talabalari fransuz tilini yaxshi o‘zlashtirganlar. Bu ma’lumotlar madaniy aloqalar va o‘zaro qiziqish mustahkamlanib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun  asos yaratayotganidan dalolat beradi. 

“Fransiya Alyansi” boshchiligidagi madaniy markazlar mamlakatlar o‘rtasidagi  o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Fransiya hududida Abu Ali ibn Sino va  Mirzo Ulug‘bek sharafiga o‘rnatilgan haykallar ushbu Yevropa davlatida  mintaqamiz  tarixiy merosiga bo‘lgan  hurmat va qiziqishdan dalolatdir. 

Hamkorlik aloqalari shuningdek, Ruey-Malmezon  va  Tuluzadagi “O‘zbek bog‘lari” kabi  qo‘shma  loyihalar tufayli ham mustahkamlanmoqda. 

Respublikamiz san’ati va tarixiga bag‘ishlangan  ko‘rgazmalar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. 2022–2023 yillarda muhim madaniy tadbirlar, jumladan, Luvrda  “O‘zbekiston vohalari xazinasi”, Arab dunyosi institutida  “Samarqandga yo‘l” hamda YUNESKO bosh qarorgohida  “Abu Rayhon Beruniy” ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi.  Bu namoyishlar  boy tarixiy merosimizni  ochib berish bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. 

Xulosa qilib shuni aytish mumkin, O‘zbekiston va Fransiya munosabatlari tiklanish davrini boshdan kechirmoqda. Toshkentning ham O‘zbekistonda, ham  butun Markaziy Osiyo mintaqasida halqaro hamkorlarni  keng jalb qilishga qaratilgan ochiq va pragmatik  tashqi siyosati  Fransiya bilan munosabatlarni  sifat jihatidan yangi bosqichga  ko‘tarish uchun qulay sharoitlar  yaratmoqda. 

Sharif Ahmedov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagiStrategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Bosh ilmiy xodimi 

Manba