
Joriy yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripovning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar o’zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda SMTI va OHICHK o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu o’rinda, Qayrat Saribay O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqada ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va amaliy hamkorlikka asoslangan faol va izchil siyosatini yuksak baholadi. "Toshkentning olib borayotgan siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchillikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda," - dedi OHICHK rahbari.
Uchrashuv yakunida suhbatdoshlar SMTI va OHICHK o‘rtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda konstruktiv muloqotni davom ettirish mintaqaning barqarorligi va uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Oldingisi
Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkentda sud ta’qibi, reabilitatsiya va reintegratsiya (PRR) loyihasi Milliy maslahat kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
11.02.2026