Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida "Peace Nexus" jamg‘armasi vakillari - direktor o‘rinbosari Mads Frilander va Markaziy Osiyo dasturlari bo‘yicha bosh mutaxassis Nazgul Aksariyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar Markaziy Osiyodagi chegara masalalarini hal etishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholadilar. Xususan, Xo‘jandda o‘tkazilgan uch tomonlama sammit hamda uning yakunida O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi shartnoma va Abadiy do‘stlik deklaratsiyasining imzolanishi tomonlarning davlat chegaralarini tinchlik, barqarorlik va hamkorlikda rivojlanish hududiga aylantirish istagidan dalolat berishi ta’kidlandi.
Shu nuqtayi nazardan, M.Frilander mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Markaziy Osiyoning muvaffaqiyatli tajribasi boshqa mamlakatlar va mintaqalar uchun ko‘p tomonlama hamkorlikning namunali modeli bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini qayd etdi.
Tomonlar SMTI va "Peace Nexus" jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini ham atroflicha muhokama qildilar. Farg‘ona vodiysida tinchlik va taraqqiyotni ta’minlash sohasida qo‘shma tadbirlarni tashkil etishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Peace Nexus jamg‘armasi - 2009-yilda tashkil etilgan Shveytsariya notijorat tashkiloti bo‘lib, dunyoning to‘rt mintaqasida: G‘arbiy Bolqon, G‘arbiy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyoda faoliyat olib boradi. Jamg‘arma tinchlik o‘rnatishning turli ishtirokchilariga ekspert ko‘magini taqdim etish orqali barqaror tinchlikni qaror toptirishga hissa qo‘shadi. BMT bilan faol hamkorlik olib boradi.
Oldingisi
Joriy yil 7-aprel kuni SMTI direktori Eldor Aripov BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili hamda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashdi.
07.04.2025Keyingisi
Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Global hamkorlik va barqarorlik xalqaro fondining (GCERF) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Irina Ulmasova-Oliv bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
07.04.2025