XXR Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuv

SMTIda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosatni rejalashtirish departamentining maslahatchisi Sun Anlin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat davomida O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Xitoylik diplomatlar bugungi kunda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar misli ko'rilmagan yuqori pog'onaga ko'tarilganini ta'kidladilar. Shu bilan birga, ularning fikriga ko'ra, davlat rahbarlarining muntazam tashriflari va uchrashuvlari O'zbekiston-Xitoy hamkorligini rivojlantirishga kuchli turtki beradi.

Diplomatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Bir makon, bir yo'l” loyihasini birgalikda amalga oshirish borasidagi tashabbuslarini yuksak baholashini ta'kidladi. Sun Anlinning so'zlariga ko'ra, ushbu loyihani amalga oshirish doirasidagi takliflar Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun muhimdir.

Uchrashuvda, shuningdek, afg'on mojarosini tinch yo'l bilan hal qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi. O'zbekiston ushbu jarayonda muhim rol o'ynashi ta'kidlandi. Shu bilan birga, tomonlar Toshkentning Afg’onistonga infratuzilma loyihalarni amalga oshirishdagi yordami va Kobul bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishdi.

Suhbat so’nggida tomonlar ikki va ko'p tomonlama samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish uchun yaqin aloqalarni o'rnatish o’rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.