O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishni ko‘rib chiqdilar.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Manba