2021 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahrida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Davlatimiz rahbari Yangihayot tumaniga tashrifi chog‘ida ushbu texnopark quriladigan maydonida bo‘ldi.
Bu majmua uchun 210 gektar maydon ajratilgan. Shundan 150 gektari ikki bosqichda auksion savdolariga chiqariladi. Tadbirkorlar sotib olingan yerning mulkdori bo‘ladi va korxonalarni o‘zlari quradi.
- Toshkentda yer tanqis, kelgusida bunday maydonlar topilmaydi. Har bir qarich yerdan unumli foydalanish kerak. Shuning uchun korxonalar ko‘p qavatli qilib qurilgani ma’qul, - dedi Prezident.
Bu yerda joylashtiriladigan korxonalarda 20 ming ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Umuman olganda, texnopark ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shu asosda aholini ish bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu yerda Yangihayot tumanidagi korxonalar mahsulotlari ham namoyish etildi.
Oldingisi
Prezident qandolat korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Davlatimiz rahbari mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumanida bo‘lib turibdi.
18.02.2022Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - davlatning zamini
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi Do‘stlik mahallasi hayoti bilan tanishdi.
18.02.2022