O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifi doirasida 11-iyun kuni Dushanbedan Xo‘jandga keldi.
Oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
Xo‘jandda davlatimiz rahbari tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan aeroport va ko‘chalarda jamoatchilik vakillari Prezidentimizni katta xursandchilik bilan kutib oldi.
Ikki mamlakat yetakchilari qisqa uchrashuv o‘tkazib, birgalikda Xo‘jand yaqinidagi "Arbob" madaniyat saroyiga yo‘l oldilar.
Oldingisi
Ikki xalq do‘stligining yorqin ifodasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahridagi “Do‘stiy” maydonida Ismoil Somoniy haykali poyiga gullar qo‘ydi.
11.06.2021Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev - yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining tashabbuskori va arxitektori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan birgalikda Xo‘jand shahri yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyiga tashrif buyurdi. Bu yerda So‘g‘d viloyati jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, nuroniylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
11.06.2021