Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Eron Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.
Ikki mamlakat yetakchilari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Eron davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar faxriy qorovul oldidan o‘tib, harbiy xizmatchilarni qutladilar. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari qatnashdi.
Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining muzokaralari boshlandi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi.
14.09.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Eron Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar
Samarqanddagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
14.09.2022