Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi istiqbolli loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videokonferensaloqa orqali neft-gaz kimyosi sanoati, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlaridagi yangi loyihalar bilan tanishmoqda.

Ma’lumki, mamlakatimiz xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlab, ularni monetizatsiya qilish yo‘lidan bormoqda. Import o‘rnini bosuvchi va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, iqtisodiy samaradorlikni oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Ayni paytda davlatimiz rahbari tarmoq mutasaddilarining taqdimot shaklidagi hisobotlarini tinglamoqda.

Manba