Singapurda o‘tkazilagan “Halal in Travel Asia” sammitida musulmon ayollar sayohatiga oid “Muslim Women in Travel 2019” hisoboti e'lon qilindi. “Mastercard” moliya tashkiloti va “CrescentRating” agentligi tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar orasida xavfsizlik va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha yuqori o‘rinni zabt etgan mamlakatlar o‘ntaligidan joy olgan.
Hisobotga ko‘ra, musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tez rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi. Musulmon o‘lkalardagi ayollarning daromadlari oshib borayotgani va ularning ta'lim darajasi yuqori ekanligi ularni sayohatga chiqishga undamoqda, deyiladi hisobotda. Hisobotda O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishda olib borayotgan ishlari haqida alohida ma'lumotlar taqdim etilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulovning ta'kidlashicha, ziyorat turizmi O‘zbekistonda turizmning istiqbolli turlaridan hisoblanadi. Mamlakatga kelayotgan sayyohlar orasida musulmon sayyohlar soni avvalgi yilga qaraganda sezilarli darajada oshgani bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlarni mamlakatga jalb qilish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirgan. Jumladan, indoneziyalik musulmon ayol inflyuenserlar ishtirokida “Muslim Travelers” va “Hijab Traveling” teleko‘rsatuvlari namoyish etilgan. “Biz, musulmon ayol sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida turli tadbirlar, jumladan, “Ramazon bozori”, liboslar ko‘rgazmasi va halol-turizmga oid festivallarni o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz” – deyiladi intervyuda.
Oldingisi
O‘zbekiston AQShga eksport xajmini 1,5 mlrd. dollarga oshirishni rejalashtirmoqda
Vashingtonda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqovning AQSh savdo vaziri U.Ross bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.
23.10.2019