O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Ularning natijalari bo‘yicha sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilm-fan va innovatsiyalar, turizm va boshqa sohalarga doir ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ertaga Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.
Oldingisi
Prezident: Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta’minlash – barchamizning bosh maqsadimizdir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi.
20.06.2022Keyingisi
Toshkentda Haydar Aliyev sharafiga nomlangan ko‘cha ochildi
Ozarbayjon Prezidentining davlat tashrifi Haydar Aliyev sharafiga nomlangan ko‘cha va yodgorlik ochilishidan boshlandi.
21.06.2022