O‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etildi

Samarali muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari, davlat va jamoat arboblari qatnashdi. Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz  - mehnat faxriylari, fan va madaniyat namoyandalari, ijodkorlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari vakillari ham ishtirok etdi. Ular O‘zbekistonni rivojlantirish, birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 

Davlat rahbarlari ular bilan birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.

Milliy kuy-qo‘shiqlarda o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etildi.


Manba