O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi.
Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.
04.08.2023Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
04.08.2023